Temir yo‘l chiptalari xarid qilishda VISA xalqaro to‘lov tizimi joriy qilinmoqda
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan yo‘lovchi va o‘z mijozlariga servis xizmatini yanada yaxshilash borasida rejali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, to‘lovlarni amalga oshirish uchun yangi tizim ishga tushirilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmatining xabariga ko‘ra, yaqin orada chiptalarni sotib olish yoki uning uchun to‘lovni amalga oshirish uchun VISA xalqaro to‘lov tizimidan foydalanish mumkin.
Hozirgi kunda mazkur tizimni joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda va u test rejimida ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter