Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Temir daftar» va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» birlashtirilmoqda

«Temir daftar» va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» birlashtirilmoqda

Foto:«Gazeta.uz»

«Temir daftar» va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» birlashtiriladi. Bu haqda AOKAda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» idoralararo hamkorlikni qo‘llagan holda 3 turdagi nafaqalarni tayinlovchi elektron tizim hisoblanadi. Bunda nafaqa tayinlash va rad etish avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Arizani qanoatlantirish yoki rad etishda Pensiya jamg‘armasi yoki MFYlari umuman ishtirok etmaydi.

Mazkur tizim bo‘yicha fuqaro hech qanday ma’lumotni yig‘ishi shart emas. Faqatgina ariza bilan o‘zi va oila a’zolarining pasport nusxalari (nikoh va tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomalar) taqdim etiladi.

Reyestr orqali elektron tarzda nafaqalar kimga tayinlangani yoki rad etilgani, rad etilishining sabablarini ham ko‘rish mumkin. Arizachining ijtimoiy holati nafaqa oluvchi tartibiga to‘g‘ri kelsa, yagona reyestr unga nafaqani avtomatik tarzda o‘zi tayinlaydi. Agarda to‘g‘ri kelmasa, rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Har ikki holatda ham arizachi SMS orqali xabardor qilinadi.

Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» dasturlari Yagona ijtimoiy reyestr bilan o‘zaro bog‘lanadi, davlat ijtimoiy xizmatlari raqamlashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring