Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Temir daftar»dagi fuqaro uchun tadbirkordan pul olmang — Shavkat Mirziyoyev

«Temir daftar»dagi fuqaro uchun tadbirkordan pul olmang — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati faollar yig‘ilishida Pastdarg‘om tumani hokimi Shunqor Xudoyberdiyev oldiga to‘rt oy muddatda «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»dagi fuqarolarni ish bilan ta’minlab, ro‘yxatdan chiqarish topshirig‘ini berdi.

Tuman hokimining hisobot berishicha, Pastdarg‘omda kambag‘allikni qisqartirish uchun yetarlicha imkoniyat mavjud, ammo ayrim fuqarolarni nogironligi bo‘lgani tufayli chiqarish mumkin emas. Bunday fuqarolar «temir daftar»da 220, «ayollar daftari»da 140 va «yoshlar daftari»da 67 nafarni tashkil etadi.

— Nogironligi mavjud fuqarolar albatta ro‘yxatda qolishi va davlatdan yordam olib turishi shart. Hozir buning uchun hamma sharoit bor. Nogironlarga nafaqa ajratilgan va bundan tashqari yana yordam beriladi. Tumanda «temir daftar»dagilar uchun mablag‘ yetarli, tadbirkorlardan pul olmang, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shunqor Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Pastdarg‘om tuman hokimligida temir daftardagi fuqarolarni ta’minlash uchun 7,5 milliard so‘m mablag‘ bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring