Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telejurnalist Ilhom Avazov vafot etdi

Telejurnalist Ilhom Avazov vafot etdi

Bugun, 6 avgust kuni «Madaniyat va ma'rifat» telekanalining iste’dodli jurnalisti Ilhom Avazov  olamdan o‘tdi.

«Ilhom Avazov o‘zining bilimi, keng dunyoqarashi, serg‘ayratligi bilan alohida ajralib turardi. Telekanal rivoji uchun o‘zining beminnat hissasini qo‘shib kelayotgan jonkuyar inson, mehnatkash ijodkor edi. U o‘zining xushmuomalasi, samimiyligi bilan telekanal jamoasining mehrini qozongan edi. Hamkasbimizning bevaqt vafoti telekanal jamoasini chuqur qayg‘uga soldi. Yaxshi inson hamisha iliq xotiralar bilan yodga olinadi», deyiladi «Madaniyat va ma'rifat» telekanali xabarida.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring