Telegramdagi «yutuqli o‘yin» tashkilotchilari bittaga kamaydi
Termiz shahrida yashovchi R.M. va U.S. Telegram messenjeridagi «yutuqli o‘yin»da «yutib», 200 ming so‘mni boy berishdi, ammo ulargacha ham qarmoqqa ilinganlar bor.
R.M. va U.S. nomiga telegramdagi «yutuqli o‘yin» guruhi administratoridan xabar keladi: «Samsung A53 sohibiga aylandingiz, yutuqni qo‘lga kiritish uchun pochta pulini to‘lang va uni kutib oling». Ular xabarga laqqa tushib, yuborilgan bank kartasi raqamiga 200 000 so‘mni o‘tkazib berishgan. Buning firibligini esa ushbu akkaunt ularni bloklab qo‘yganidan so‘ng tushunishib, IIBga murojaat qilishgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchi, muqaddam firibgarligi uchun sudlangan R.D. (1999-y.t.) sodir etgani aniqlandi. Bu shaxs shu taxlit boshqalarning ham pullarini o‘zlashtirib kelgani fosh bo‘ldi.
R.D.ga nisbatan O‘zR JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter