Tayvan Xitoyning yordamidan voz kechdi

Tayvan hukumati zilzilaning dahshatli oqibatlarini bartaraf etishda Pekin taklif etgan yordamdan voz kechdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Unga ko‘ra, kecha ertalab Xitoy hukumati Tayvandagi zilzila natijasida yo‘qolganlarni topishni tezlashtirish uchun qutqaruv guruhi yuborishni so‘ragan. Ammo Tayvan orolning o‘z resurslari yetarli ekanini aytib, taklifni rad etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda Tayvanda qidiruv-qutqaruv amaliyoti uchun yetarlicha inson resurslari va uskunalar mavjud. Ular Xitoyga taklif uchun minnatdorlik bildirib, yordamga ehtiyojlari yo‘qligini ta’kidlashdi.
Eslatib o‘tish kerak, Tayvanda kuzatilgan kuchli zilzila oqibatida 9 kishi vafot etib, 188 kishi jarohatlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter