Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Ukrainadagi urushga jalb qiluvchilar haqida ogohlantirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Ukrainadagi urushga jalb qiluvchilar haqida ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi kanallarida O‘zbekiston va Qirg‘izistondan fuqarolarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish to‘g‘risida e’lonlar tarqalmoqda.

Mustaqil jurnalistik surishtiruvlarda ushbu e’lonlar orqali fuqarolarni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish asosiy maqsad ekanini ma’lum qilinmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan xorijda ish taklif etilayotgan norasmiy e’lonlarga ishonmaslikni so‘raymiz, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring