Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixdagi antiqa qog‘oz pullar (foto)

Tarixdagi antiqa qog‘oz pullar (foto)

100 million milliard pengyo.

Foto: «Wikipedia»

Ikkinchi jahon urushidan oldin Vengriya pengyosi qachonlardir qayd etilgan eng yuqori inflyasiya darajasiga ko‘tarilgan. Vengriyada 1946-yil 100 million milliard pengyo banknotasi paydo bo‘lgan. Agar buni raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak, quyidagi manzara kelib chiqadi: 100 000 000 000 000 000 000 pengo.

Narx-navo taxminan har 15 soatda ikki baravar oshgan, shu bois 1946-yilning iyulida Vengriya hukumati pengyoni bekor qiladi va uni forint bilan almashtiradi: bu pul hozirgi kungacha Vengriyaning rasmiy pul birligi bo‘lib saqlanib qolgan.

Siz yuqorida ko‘rib turgan banknota chindan ham shunday chiqarilgan, lekin bu holatida umuman muomalada bo‘lmagan.

Konslager va Qizil xoch

Mazkur banknotalarni natsistlar Chexiyaning sobiq Terezin shahri garnizoni hududida, Ogrje daryosi qirg‘og‘ida joylashgan Tereziyenshtadt konsentratsion lageriga sayohat qilish uchun yaratishgan.

Bu lagerni natsistlar «boshqalarga namuna bo‘ladigan joy» deb hisoblashgan — uni yahudiylar bilan yaxshi munosabatda ekaniga misol tariqasida Qizil xoch va boshqa xalqaro tashkilot vakillariga namoyish etishgan. U yerda sinagoga, ma’ruza zallari faoliyat yuritgan, jurnallar chiqarilgan, spektakl va ko‘rgazmalar tashkil etilgan.

10 va 20 kronlik bu banknotalar oddiy qog‘ozga chop etilib, Qizil xoch uchun xo‘jako‘rsinga chiqarilgandi. Amalda hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan va hech qayerda ishlatilmagan.

Diktator yuzi kesib olingan banknota (Zoir)

1997-yil Afrikadagi Zoir davlati (hozirgi Kongo Demokratik respublikasi)dagi Jozef Mobutuning totalitar tartibi ag‘darib tashlandi. Yangi hukumat naqd pul yetishmovchiligiga duch kelgach eski 20 minglik zoir banknotasidan vaqtincha foydalanishga qaror qilishdi. Faqat undagi diktatorni kesib olib tashlashgan.

Yuz trillion dollar (Zimbabve)

2009-yilning yanvarida Zimbabve Rezerv banki 100 trillion mahalliy dollar qiymatida banknota chiqara boshlaydi. Bu vaqtga kelib dunyo bo‘yicha Zimbabveda inflyasiya darajasi eng yuqori bo‘lgan. Siz ko‘rib turgan banknotani 300 AQSh dollariga almashtirish mumkin edi.

2008-yilning iyulida esa inflyasiya aqlbovar qilmas raqamlarga yetdi — 231 million foiz! Buxanka non 300 milliard Zimbabve dollari turgan.

Eng qadimiy banknota — 1380 y. (Xitoy)

Bizga ma’lumki, qog‘oz pullarning eng qadimiysi Xitoyga tegishli, u milodiy 800-yillarda chiqarilgan.

Siz ko‘rib turgan banknota — hozirgi kunga qadar saqlanib qolinganlar orasida eng qadimiysi. U Amir Temur tirikligi paytida, taxminan 1380-yilda chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring