Svetlana Ortiqova Bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘ldi — OAV
O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Biroq bu xabar hali rasman tasdiqlangani yo‘q.
Svetlana Ortiqova 1962-yil 1-yanvarda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1987-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Kasbiga ko‘ra — huquqshunos, ko‘p yillar prokuratura tizimida ishlagan.
2010-2014-yillarda u Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
2015-yil 20-yanvarda prezidentning farmoniga binoan Svetlana Ortiqova senator etib tayinlangan va shu yili u Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari etib saylangan. O‘sha davrda Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil iyunidan beri O‘zbekiston bosh prokurori hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter