Svetlana Ortiqovaning vazifasi yana bittaga ko‘paydi
Bosh prokuror o‘rinbosari — adliya katta maslahatchisi Svetlana Ortiqovaga yana bir vazifa yuklatildi. Endi u ayollar tadbirkorligini oshirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi.
Bu haqda kecha Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir kelgusi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan selektorda aytildi.
Eslatib o‘tamiz, Svetlana Ortiqova Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyasiga ham rahbarlik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter