Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv yo‘q, jo‘mrak yo‘q, ammo qarzdorlik bor...

Suv yo‘q, jo‘mrak yo‘q, ammo qarzdorlik bor...

Foto:«7News.Uz»

Quva tuman «Paxtakor» MFY «O‘zbek» ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishdi. Arizani yozishdan muddao «Suvoqava» DUK Quva filiali tomonidan ichimlik suvi bo‘yicha asossiz ravishda qarzdorlik hisoblanayotganligi bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borildi. Jarayonda hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar toza ichimlik suvini uzoqdan tashib kelishlari ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, 131 nafar iste’molchi korxona kompyuter bazasiga ichimlik suvi iste’molchisi sifatida kiritilgan va ularga 2019-yil 1-may holatiga ko‘ra oz emas, ko‘p emas 33 676 402 (O‘ttiz uch million olti yuz yetmish olti ming to‘rt yuz ikki) so‘m qarzdorlik hisoblangan.

O‘ylab qarasang, bir necha chaqirim uzoqdan suv tashib sarson bo‘layotgan mahalla ahliga «ichimlik suvidan qarzdorliging bor», desa alam qiladi-da. Federatsiya xodimlari aniq faktlarni keltirib, «O‘zbek» ko‘chasida yashovchi iste’molchilarga «Suvoqava» DUK tomonidan hisoblangan 33 676 402 so‘m qarzdorlikni hisobdan chiqarishga erishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring