Suriyaga chiqib ketish oldidan ushlandi
Ijtimoiy tarmoqda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan «jihodchilar» terroristik oqimi a’zosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.
Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgan va Suriyadagi jangarilar, jihodchilar terroristik oqimi safiga qo‘shilishni maqsad qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Xususan, 1998 yilda tug‘ilgan Sh.A. (Parkent T.) telegram messenjeridagi profili orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu shaxs, «jihod» qilish va Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida, Turkiya davlati orqali Suriya davlatiga chiqib ketishi oldidan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida «qamoq» tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter