Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyadan qaytgan shaxs Surxondaryoda qo‘lga olindi

Suriyadan qaytgan shaxs Surxondaryoda qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Suriya Arab Respublikasida faoliyat yurituvchi xalqaro terrorchilik guruhlari tarkibida jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, O‘zbekistonga qaytgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2001 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan S.A. 2019 yilda diniy ta’lim olish maqsadida Misr Arab Respublikasiga chiqib ketadi. Biroq, qayd etilgan shaxs Misrda hujra sharoitida diniy ta’lim olish jarayonida «Tavhid va jihod katibasi» terrorchilik guruhi a’zolarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan bo‘lib, ushbu manzildan Turkiya orqali Suriyaning «o‘choqli hudud»lariga chiqib ketgan hamda jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Amalga oshirilgan faol tadbir natijasida qo‘lga olingan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring