Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subsidiyali uy va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Subsidiyali uy va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Subsidiya asosida uy-joy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.Unda fuqaro A.I. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqarolar M.H. va uning singlisi M.H.ning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida subsidiya asosida uy-joy olib berishi evaziga jami 1 600 AQSh dollari va 3,8 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 6 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring