Statistika agentligi rahbari lavozimidan ozod etildi
Statistika agentligi rahbari Bahodir Begalov ishdan olindi.
B.Begalov 1968-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega. 1992-yilda Moskva iqtisod-statistika institutini bitirgan.
1992—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3-kategoriya muhandisi, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan. 2012-2016-yillarda Statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, so‘ngra Moliya instituti rektori etib tayinlandi.
Begalov Statistika qo‘mitasini 2017-yildan buyon boshqarib kelayotgandi. Mazkur tashkilot 2022-yil dekabrida Statistika agentligiga aylantirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter