Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV koronavirus bo‘yicha tarqalgan yangi xabarlarga munosabat bildirdi

SSV koronavirus bo‘yicha tarqalgan yangi xabarlarga munosabat bildirdi

Foto:«Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi ikki sutka ichida koronavirus tarqalishi keskin ko‘payganligiga oid xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Turli postlarda shaxslarini oshkor qilmagan manbalar shifoxonalarda joy qolmaganligi, ayniqsa, Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalai to‘lib ketganligi, reanimatsiya bo‘limlarida bemorlar og‘ir ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi audioxabarlar yo‘llaganlar.

Vazirlik matbuot kotibi Furqat Sanayevning fikriga ko‘ra, hozirda 4 ming shifo o‘ringa ega bo‘lgan Zangiotadagi ikkita davolash muassasalarida minglab bo‘sh o‘rinlar mavjud. O‘rinlarga ehtiyoj yo‘qligi uchun Zangiota 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasining “A” blogi to‘liq yopilgan, “V” blogining ham bitta bo‘limi butunlay, ikkinchi bo‘limining esa yarmi yopilgan. Demak, asossiz xavotirga o‘rin yo‘q, vahimalardan qo‘rqmaslik, ammo shu bilan birga ko‘p marta aytilgan sanitariya va gigiyena qoidalarini unutmaslik kerak.

Eslatib o‘tamiz, 12-13-mart kunlari O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring