Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport jurnalistikasi afsonasi vafot etdi

Sport jurnalistikasi afsonasi vafot etdi

O‘zbek sport sharhlovchilik maktabi asoschisi, taniqli sport sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayev vafot etdi. Bu haqda PFL direktori, marhumning nabirasi Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

Ustoz 86 yoshda edi.

«Xabar.uz» tahririyati jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Axbor Imomxo‘jayev 1936-yilning 19 fevralida Toshkentda tavallud topgan.

Otaxon jurnalist futbolga oid bir nechta kitoblarning muallifi. O‘zining o‘ninchi kitobi — «Asr futbolidagi asl qadrdonlarim» kitobini 2019-yilda keng jamoatchilikka taqdim etgan edi.

Axbor Imomxo‘jayev 1996-yilda «Shuhrat» medali, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

2020-yil fevralida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashi qarori bilan Axbor Imomxo‘jayevga Faxriy professor unvoni berilgan edi. 2020-yilning 8-iyunida esa Axbor Imomxo‘jayev O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan akademiyaning haqiqiy a’zosi deb qabul qilinib, ustoz jurnalistga akademik ilmiy unvoni topshirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring