Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga sud hukmi o‘qildi

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga sud hukmi o‘qildi

18-mart kuni, Farg‘ona viloyat sudida 2020-yil may oyida sodir bo‘lgan «So‘x voqealari» ishtirokchilari ustidan hukm o‘qildi.

Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. 

Sudlanuvchilar M. Axmedov (1973-yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), N. Jurayev (1972-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), R. Mirsharipov (1974-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), F. Axrorov (1995-yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), D. Mallayev (1997-yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), O. Otashev (2000-yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh. Mirzojonov (2000-yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), B. Shodiyev (1980-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), Yo. Jurayev (2002-yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh. Maxmadaliyev (1993 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Z. Zaylobov (2001 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh. Olimov (2002 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), B. Foziljonov (1976 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), X. Safarjonov (2001 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), R. Xasanov (1988 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), X. Rahmonaliyev (1997 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), S. Ismatov (1996 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), J. Boronboyev (1996 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), D. Xolmatjonov (1999 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), F. Jonuzokov (1988 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), I. Sobirov (2002 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan) va S. Parpiyev (1975 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi T. Vahobov raisligida hamda xalq maslahatchilari N. Musinova va Z. Qosimovadan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyat sudining 2021 yil 18 martdagi hukmiga ko‘ra:

M. Axmedov Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) ni qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

N. Jurayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

R. Mirsharipov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R. Mirsharipovning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

F. Axrorov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F. Axrorovning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

D. Mallayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D. Mallayevning 2020 yilning 10 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 7 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 4 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

O. Otashev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. O. Otashevning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Mirzojonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Mirzojonovning 2020 yilning 25 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 23 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 7 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

B. Shodiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B. Shodiyevning 2020 yilning 23 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 25 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Yo. Jurayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Yo. Jo‘rayevning 2020 yilning 22 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 6 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Maxmadaliyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Maxmadaliyevning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Z. Zaylobov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Z. Zaylobovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Olimov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qo‘llab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Olimovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

B. Foziljonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B. Foziljonovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

X. Safarjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X. Safarjonovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

R. Xasanov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R. Xasanovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

X. Rahmonaliyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X. Rahmonaliyevning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

S. Ismatov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S. Ismatovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

J. Boronboyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. J. Boronboyevning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

D. Xolmatjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D. Xolmatjonovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

F. Jonuzokov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F. Jonuzokovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

I. Sobirov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qo‘llab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. I. Sobirovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

S. Parpiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S. Parpiyevning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Jinoyat oqibatida Farg‘ona viloyat IIB foydasiga yetkazilgan 9 996 341 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan chiqarilgan hukmning mazmuni batafsil tushuntirilib, sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring