Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq kunlar qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Sovuq kunlar qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 4-8 dekabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.

Joriy yilning dekabr oyi quruq va juda iliq havo bilan boshlandi. Dekabr oyining birinchi kunlarida havo harorati 15-18 darajagacha, janubda 20 darajagacha iliq bo‘ldi, bu iqlim normasidan 5-7 darajaga ko‘p hisoblanadi.

Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab kunduzi 15-20 darajali quruq va o‘ta iliq ob-havo saqlanib turadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo o‘zgara boshlaydi. Bulutlilik kuchayishi, harorat fonining pasayishi va 8 dekabr, juma kunida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha tushishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda 4-8 dekabr kunlari biroz bulutli, yog‘ingarilik kutilmaydi. Harorat 4-6 dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 7-8 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari havo harorati yana 2-3 darajaga pasayadi, biroq asosiy sovuq kunlar O‘zbekiston aholisini keyingi hafta boshida kutmoqda, deyiladi «O‘zgidromet» xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring