«Sovg‘alar va 3 mln so‘m» — firibgarlar yangi hiyla topishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways Safe Takeoff kompaniyasining 30 yilligini nishonlash maqsadida tanlov o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aviakompaniya axborot xizmati holat yuzasidan raddiya berdi.
Qayd etilishicha, tanlov doirasida 3 million so‘m pul mablag‘i va sovg‘alar o‘ynalishi e’lon qilingan. Uzbekistan Airways yo‘lovchilardan plastik karta ma’lumotlarini notanish saytlarga va havolalarga kiritmaslikni va bunday firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.
«Kompaniya tanlovlarni faqat ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida o‘tkazadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va telegram-kanallarda O‘zbekiston prezidentining soxta veb-sayt havolasi orqali firibgarlik qilayotganlar haqida ogohlantirish berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter