Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sot yoki tushuntir» – yangi qonun qabul qilinadi

«Sot yoki tushuntir» – yangi qonun qabul qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, qonunning maqsadi davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qayd etilishicha, davlat mulkini boshqarishning prinsiplariga qo‘yidagilar kiradi:

  • qonuniylik;
  • mustaqillik;
  • hisobdorlik va nazorat;
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • davlat mulkidan jamiyat manfaatlari uchun samarali foydalanish;
  • sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun teng sharoitlarni ta’minlash;
  • “sot yoki tushuntir” tamoyilini keng qo‘llash;
  • mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarini ajratish;
  • atrof muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilish.

Hujjatga muvofiq, davlat mulkini boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ommaviy axborot vositalari, internet butun jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan, davlat mulkini boshqarish sub’yektlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda nashr etilishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasi har yili 1 oktyabrga qadar davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini davlat ishtirokidagi korxonalarni saqlab qolish mezonlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqadi.

Qonun 10 bob va 64 moddadan tarkib topgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring