So‘nggi 5 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan poraxo‘r amaldorlar soni aytildi
Oxirgi 5 yil davomida O‘zbekistonda korrupsion qilmishni sodir etib, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni 14 mingdan oshgan.
Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston prokuraturasi: kecha, bugun va ertaga» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aytib o‘tdi.
«Xususan, oxirgi uch yilda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni ta’minlash maqsadida jami 540 mingdan ortiq prokuror hujjatlari qo‘llanilgan. Bu bir oddiy raqamdek ko‘rinadi, lekin bu raqamlar ortida katta mehnat yotganini fahmlash qiyin emas», dedi vazir.
Shulardan 160 nafardan ortig‘i respublika miqyosidagi, 1 ming 270 nafardan ortig‘i viloyat miqyosidagi hamda 13 ming nafardan ortig‘i tuman miqyosidagi mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter