Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq qo‘mitasi Toshkentdagi bozorlarda yalpi pasportlashtirish tadbirlarini o‘tkazmoqda

Soliq qo‘mitasi Toshkentdagi bozorlarda yalpi pasportlashtirish tadbirlarini o‘tkazmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Soliq islohotlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini profilaktika qilish maqsadida Toshkent shahridagi qurilish mollari savdosiga ixtisoslashgan bozorlarda yalpi pasportlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi. 

«Jomiy» qurilish mollari bozoridan boshlangan ushbu tadbirlar xo‘jalik sub’yektlarini tekshirish bilan umuman bog‘liq bo‘lmay, asosiy maqsad tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun amaliy yordam va maslahat berish, tadbirkorlar muammolari va takliflarini o‘rganishdan iborat.

Pasportlashtirish tadbiri davomida tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan hech qanday ma’muriy va moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi hamda mavjud tushunmovchiliklar va kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi.

Pasportlashtirish tadbirlariga 13 nafar davlat soliq xizmati organi xodimi jalb etilib, «Jomiy»bozoridagi tadbirning birinchi kuni davomida 73 ta ob’yektda pasportlashtirish o‘tkazildi.
Natijada:

– 45 nafar jismoniy shaxs mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotganligi;

– 3 nafar jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganligi;

– 21 ta ob’yektda ijara shartnomalari kam summada rasmiylashtirilganligi aniqlandi va profilaktik tadbirlar davomida bu holatlar bartaraf etildi.

Shu bilan birga, barcha sub’yektlar tomonidan kunlik naqd pul tushumlari yashirilayotganligi ma’lum bo‘lib, bu borada tushuntirishlar olib borilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi barcha tadbirkorlik sub’yektlaridan amalga oshirilayotgan pasportlashtirish chora-tadbirlarini tadbirkorlik sub’yektlarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar hisobini aniq yuritish va hujjatlar qonun doirasida rasmiylashtirilishiga qaratilgan sa’y-harakatlar sifatida qabul qilinishini so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring