Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘iga keskin chora ko‘rdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘iga keskin chora ko‘rdi

Foto: «Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir guruh fuqarolar yo‘llagan murojaatlardan so‘ng Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, vazirlikning yuridik bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi faoliyati o‘rganilganda, haqiqatan ham, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida tan olinmagan diplom bilan shaxslarni davlat sud eksperti sifatida ishga qabul qilish holati, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning noto‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, eng achinarlisi, umuman foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan tibbiy vositalardan foydalangan holda ekspertiza o‘tkazish va xulosa tuzish kabi bir qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘i M.Xaydarov belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etilib, to‘plangan materiallar aybdor shaxslarning javobgarligini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring