Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga faol harakatda bo‘lishni tavsiya qilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga faol harakatda bo‘lishni tavsiya qilmoqda

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Joriy yil 27-aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab navbatdagi sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar tashkil etildi. «Mehrjon» hiyobonida 5 kilometr masofaga faol yurish va muassasalararo sport musobaqalari, jumladan, arqonda sakrash, shaxmat, shashka, voleybol, stol tennisi,badminton, to‘siqlardan o‘tish estafetasi o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Jismoniy mashqlar uchun kuniga 20-30 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt ajratish tavsiya etiladi. Masalan, yurish, ertalabki badan tarbiya,velosipedda sayr va boshqalar. Amalga oshirilayotgan harakatlar davomiy va tizimli bo‘lgandagina yanada  samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Mutaxassislarning fikricha, bolalar va o‘smirlar quyi jismoniy faollikdan yuqori darajadagi faollikka qadar kun davomida 60 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqtda shug‘ullanishi kerak. Qolaversa, tayanch-harakat tizimiga yo‘naltirilgan mashqlar haftasiga kamida 3 marta bo‘lishi tavsiya etiladi.

18-64 yoshdagi kattalar o‘rtacha jismoniy faollikka haftasiga ikki yarim soat, faolharakatlar uchun esa bir yarim soatdan kam bo‘lmagan vaqt ajratishlari lozim. Inson uchun foydali, tana a’zolarini bir maromda ishlashi uchun o‘rtacha faol harakatlar haftasiga besh soatgacha oshirish, jismoniy mashqlarni esa haftasiga 2-3 marta bo‘lishi maqsadga muvofiq. 65 yoshdan oshgan insonlar sog‘ligidan kelib chiqib, sokin va kam jismoniy faollik  haftasiga 150 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt ajratishlari mumkin. Albatta, ushbu harakatlar shifokor bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur bo‘ladi.

Muhimi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har haftada tashkil etilayotgan ushbu ommaviy tadbirlarda qatnashuvchilarning soni oshib borayotgani, ularning jismoniy faollikka bo‘lgan qiziqishi har qachongidan ham kuchaymoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan davrda «Yurish kuni»,«Yurish bo‘yicha marafon kuni», «Salomatlik sari», «Velosipedda sayr kuni», «5 kilometr masofaga faol yurish» hamda «Sog‘lom ozish kuni» ommaviy tadbirlari mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilgan edi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring