Sog‘liqni saqlash vaziri: «Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetdi!»
Pandemiya davrida aholi sog‘lig‘ini saqlash, ishsiz qolgan fuqarolarga yordam berishga, tadbirkorlarga birinchi darajali e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 10 trillion so‘m fondga ega bo‘lgan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilib, uning mablag‘lari sog‘liqni saqlash, ijtimoiy infratuzilmalar, aholi va korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
Sog‘liqni saqlash rivoji yo‘lidagi ulkan maqsadlarni o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarish tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan 70 ming nafardan ziyod shifokorlar va barcha o‘rta tibbiyot xodimlarining sharafli burchidir.
Sog‘liqni saqlash tizimida o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tarbirlar samararasi o‘laroq, bugun tongda yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetgani barchamizni quvontiradi, — dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter