Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OITSga qarshi kurash markazi direktori yangi lavozimga tayinlandi

OITSga qarshi kurash markazi direktori yangi lavozimga tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga Nurmat Satiniyazovich Atabekov tayinlandi.

Unga mazkur institut ilmiy darajasi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yuqumli kasalliklar sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabni qondirish vazifasi yuklatildi. Bundan tashqari, u yuqumli kasalliklar sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni keng qo‘llash, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari vazifalarga ham mas’ul e’tib belgilandi.

N.Atabekov ilgari Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring