Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soch ektirish narxlari qancha, nega kallik yoshlar orasida keng tarqalmoqda?

Soch ektirish narxlari qancha, nega kallik yoshlar orasida keng tarqalmoqda?

Bugungi kunga kelib soch to‘kilishi muammosi ancha ommalashib ketdi. Undan aziyat chekayotgan bemorlar ushbu muammodan qutulish uchun soch ekdiradi. Ho‘sh, bu amaliyot qanchalik samarali? SSV matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tekshirish markazi dermatovenerolog, trixolog Xojiakbar Nurmatov bilan suhbatni e’lon qildi. 

— Soch ektirishning o‘rtacha narxlari qancha?

— Bir dona graft narxi 5 ming so‘m. Graftda 1 donadan 4 tagacha soch joylashadi. Narx klinikalarda turlicha belgilangan.

— Soch to‘kilishining yoshlar orasida ham keng tarqalishiga sabab nima?

— Haqiqattan mijozlar orasida 20 yoshli yigitlar ham uchraydi. Tepakallik-yosharayotgan kasalliklar sirasiga kiradi. Sochning muddatidan oldin to‘kilib qaytib chiqmasligi-irsiyatga, genetik moyillikka bog‘liq. Ba’zi erkaklarda yosh bo‘lishiga qaramay soch to‘kilishini kuzatish mumkin. Suhbat davomida ma’lum bo‘ladiki, dadasi yoki amakisida tepakallik kuzatilgan. Shuningdek, soch follikulalarining erkaklik gormonlariga chidamsizligi, stress ekologik omillar ham tepakallikka sabab bo‘lishi mumkin. Kallik nasldan-naslga o‘tadi.

— Qaysi kasb sohiblarining sochi tez to‘kiladi va buning sababi nimada?

— Ko‘p asabiylashadigan insonlarning sochi tez to‘kiladi. Nerv sistemasining buzilishi ham soch tolalariga, erkaklik gormonlariga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ammo aynan mana shu kasb egalarining sochi to‘kiladi deb aytib bo‘lmaydi.

— Ekilgan soch qancha muddatga to‘kilmasligiga kafolat bor?

—Soch ekish amaliyotidan keyin bizni tavsiyalarimizga amal qilib, boshlang‘ich muddatidan yaxshi o‘tib olsa soch to‘kilish holati kuzatilmaydi.

— Soch ekishga qarshi ko‘rsatmalar bormi? Qaysi kasalliklarda mumkinmas?

— Ayrim holatlarda soch ekish mumkin emas. Masalan, qon ivish tizimidagi kasalliklar, allergek reaksiyalar hamda qandli diabetning xavfli turlarida soch ekib bo‘lmaydi. Qolaversa, 15 yoshdan kichik bolalarda ham bu amaliyotni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Soch ekish amaliyoti juda ham nozik ish va malakali mutaxassis bajarishini talab etadi. Agar soch ekishdan keyingi asoratlardan himoyalanishni istasangiz malakali mutaxassisni tanlang.

—Ijtimoiy tarmoqlarda sochga mo‘ljallangan imbirli niqoblarning savdosi avj oldi. O‘zi umuman soch niqoblarini o‘zida sinayotganlar qanday tavsiyalarga amal qilgani afzal?

— Imbirning foydali ne’mat ekanligi barchaga ayon. Undan tayyorlangan niqob agar asl holatda bo‘lsa ishlatsa natijasi yaxshi bo‘ladi. Zamonaviy tibbiyot bilan ishlasakda, mijozlarimizga tabiiy niqoblar tayyorlab sochga surishni tavsiya etamiz. Yuqorida aytganimdek barchaning organizmi bir xil emas, kimgadir giyoh bo‘lib yoqqan ne’mat boshqaga aks ta’sir qilishi mumkin. Bu borada ham, albatta, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Sochlar to‘kilmasligi uchun salbiy omillardan qochish kerak bo‘ladi: nurlanishidan, nerv tolalari zaralanishidan, mikroelementlar yetishmovchiligi, vitaminlar tanqisligi kabi holatlardan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring