Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoqarashi tor, saviyasi past va madaniyatsiz xodimlarga YHXBda o‘rin yo‘qligi aytildi

Dunyoqarashi tor, saviyasi past va madaniyatsiz xodimlarga YHXBda o‘rin yo‘qligi aytildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati brigadasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Aziz Isroilovich Ikramovning Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

General-mayor Aziz Ikramov endilikda eskicha usullarda ishlab bo‘lmasligini, hozir har bir xodimdan jonbozlik ko‘rsatish, tashabbuskor bo‘lish, tinimsiz izlanish va o‘rganish talab etilishini, buning uchun eng avvalo har bir xodimning bilim darajasi yuksak, muomala madaniyati boshqalarga o‘rnak bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan, odamlarni sarson qilib, ularning noroziligini keltirib chiqaradigan, siyosiy va ijtimoiy dunyoqarashi past, saviyasiz, siyosiy dunyoqarashi tor, qolaversa madaniyatsiz xodimlarga saflarimizda o‘rin yo‘q, deb qat’iy fikr bildirdi. Vazir o‘rinbosari safda turgan har bir xodim oldida to‘xtab, u bilan qisqa mazmunda suhbat o‘tkazdi. Savol-javoblar qildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari xodimlarning maxsus kiyim-boshlariga, orastaliklariga ham e’tibor qaratib, o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirdi.

Bundan tashqari u Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamisha xalq ko‘z o‘ngida faoliyat olib borishini, fuqarolarimiz ularning harakatlariga qarab butun ichki ishlar organlari faoliyatiga baxo berishini tushintirdi. Bu yo‘nalishdagi ijobiy harakatlar xalqning ichki ishlar organlariga nisbatan ijobiy fikrini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator loyihalar bilan ham tanishdi hamda ular yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring