Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoga yangi hokim tayinlandi

Sirdaryoga yangi hokim tayinlandi

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Mahmudaliyev Akmaljon Azimjonovich zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi.

Ayni daqiqalarda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda mazkur farmon matni o‘qib eshittirilgan va yangi hokim jamoaga tanishtirilgan. Bu haqda O‘zA muxbiri xabar bermoqda.

A.Mahmudaliyev ko‘p yillar davlat idoralarida mehnat qilib, katta tajriba to‘plagan. Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi G‘ofirjon Mirzayev  Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring