O‘z vaqtida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgani aytiladigan «Sijjak» oromgohi sotiladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Sijjak» mavzesi, Sarbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Sijjak» dam olish oromgohini ommaviy savdolar orqali, shaffoflik prinsipi asosida sotadi.
Agentlik tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshoatlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi. Ayni damda xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda triatlon sportini rivojlantirishga qaratilgan qarori muhokamaga qo‘yilib, unda «Sijjak» dam olish maskani ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga berilishi belgilangandi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi sifatida Otabek Umarov ish olib boradi.
Yana bir ma’lumot, ayrim manbalarga ko‘ra, «Sijjak» dam olish oromgohi o‘z vaqtida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter