Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sijjak» yana sotuvga qo‘yildi

«Sijjak» yana sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi E-auksion saytida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Sijjak» dam olish maskanini yana sotuvga qo‘ydi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 5,38 gektar, bino va inshootlar maydoni 4039,56 kvadrat metrni tashkil etadi. Majmua hududida mehmonxona binolari, bir nechta suzish havzalari, amfiteatr, kottej, suv minorasi va boshqa inshootlar mavjud.

Boshlang‘ich bahosi – 70 milliard 68 million so‘m, omonat summasi – 3,5 milliard so‘m. Arizalar 7 noyabr soat 09:00 gacha qabul qilinadi, auksion shu kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Avval ushbu ob’yekt Gulnora Karimovaga tegishli edi. Dam olish maskani birinchi marta o‘tgan yilning mart oyida ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilgandi. 

O‘z vaqtida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi avval ham sotuvga qo‘yilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring