Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sigareta qutilaridagi yoqimsiz suratlarning nafi bormi?

Sigareta qutilaridagi yoqimsiz suratlarning nafi bormi?

Foto: BBC

Olimlar San-Diyego (AQSh)da yashovchi, kuniga besh donadan ko‘proq sigareta chekuvchi 357 nafar kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi.

Tadqiqot qatnashchilari bir yil davomida faqat maxsus do‘kondan sigareta sotib olishdi.

Maxsus do‘konda turfa xil, biroq uch xil dizaynda qadoqlangan sigaretalar sotildi: suratli (saraton va boshqa xastaliklarning asoratlari tasvirlangan), yozuvsiz (faqat sigaretaning nomi yozilgan) hamda standart do‘kon sigaretalari.

Bir yillik tadqiqotdan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, kashandalar jamoat joylarida yoqimsiz suratli sigaretalarni cho‘ntaklaridan chiqarishni kamaytirishgan — 38 foiz kamroq. Shu xolos. Yoqimsiz suratlar chekishni tashlashga hech qanday turtki bermagan.

Biroq olimlar shu natijadan ham qanoatlanishdi. Ularning fikricha, jamoat joylarida chekishning kamayishi yangi chekuvchilar paydo bo‘lishi ehtimolini bilvosita pasaytirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring