Si Szinpin Alisher Navoiy g‘azalidan iqtibos keltirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga O‘zbekistonning oliy davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini tantanali ravishda topshirib, O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi, o‘z navbatida, unga bunday yuksak mukofotning topshirilishi o‘zbek xalqining xitoyliklarga chuqur do‘stlik tuyg‘usidan dalolat ekanini ta’kidladi va buyuk shoir Alisher Navoiyning «Yor o‘ling bir-biring‘izgakim, erur yorlig‘ ish» g‘azalidan iqtibos keltirdi.
«Ikki ming yil avval Buyuk Ipak yo‘li xalqlarimizni bog‘lagan. Biz bir-birimizdan foydali narsalarni oldik, bir-birimizdan o‘rgandik. Bundan 30 yil muqaddam diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi bilan aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Endi esa O‘zbekiston Prezidenti bilan men xalqlarimizni umumiy taqdirga bog‘lash maqsadida yangi davrda Xitoy-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga kelishib oldik», — dedi Si Szinpin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter