Shimolda qattiq sovuq, janubda iliq havo kuzatilmoqda

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda qor yog‘adi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8-13° iliq, shimolda 5-10° sovuq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter