Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorga qo‘l ko‘tarish, uni so‘kish diyonatli xalqimizga munosibmi? — Prezident

Shifokorga qo‘l ko‘tarish, uni so‘kish diyonatli xalqimizga munosibmi? — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv vaqtida shifokorlar himoyasi haqida alohida gapirib o‘tdi.

«Ta’kidlash joizki, joylarda tibbiyot sohasi vakillariga, ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam xodimlariga nisbatan kuch ishlatish (tajovuz) holatlari ham uchrab turibdi.

Shifokorga qo‘l ko‘tarish, uni so‘kib, haqorat qilish bizning insof-diyonatli, oq ko‘ngil, mehr-oqibatli xalqimizga munosibmi? Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holatdir.

Endi, tibbiyot xodimlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, ularning ishiga to‘sqinlik qilgan hamda tajovuz ko‘rsatgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.

O‘zbekistonda «Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar» ekanini, hech kim esidan chiqarmasligi kerak!

Bugungi anjumanda yana bitta muhim masalani alohida aytmoqchiman. Taniqli olimlar va xalqaro ekspertlarni jalb qilib, Sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishning vaqt-soati keldi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, qabul qilinadigan muhim hujjatda:
- tibbiyot xodimlari hamda bemorlarning huquq va majburiyatlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida, qayta ko‘rib chiqiladi;
- tibbiyot xodimlarining huquqiy himoyasi kuchaytiriladi;
- fuqarolarning o‘z sog‘lig‘iga e’tibori va mas’uliyatini oshirish mexanizmlari joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring