Shifokor nonni ortiqcha iste’mol qilishning zararlarini aytdi
Har bir kishi yuqori navli undan tayyorlangan non iste’molini kamaytirishi kerak, chunki u qondagi glyukoza darajasini ko‘tarishi mumkin, bu diabet va semirib ketishga olib kelishi mumkin. Bu haqda diyetolog Marina Makisha «Nation News»ga ma’lum qildi.
«To‘liq yanchilmagan undan tayyorlangan non esa salomatlik uchun ancha foydali bo‘lib, uning tarkibida ko‘proq foydali to‘qimalar va iste’mol tolalari mavjud. Bu turdagi non ko‘proq foydali xususiyatlarga ega. Faqatgina iste’molda ma’lum miqdorni eslab qolish muhim. Bir vaqtning o‘zida 100 grammdan ortiq non iste’mol qilish mumkin emas. Bu tanaga ortiqchalik qiladi», — deydi mutaxassis.
Makisha nondan butunlay voz kechish ham to‘g‘ri tanlov emasligini eslatib o‘tgan. U faqat sifatli mahsulotlardan foydalanishni va kuniga iste’mol qilingan ovqat miqdorini kuzatishni maslahat bergan.
«Allergiya bilan bog‘liq kasalliklarga chalinganlar bu kabi nonlarni yemasligi kerak. Agar kimdir nonni yoqtirmasa, unda ovqat ratsioniga uni kiritishi shart emas»,—dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter