Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor kayfiyatni yaxshilovchi uch mahsulotni aytdi

Shifokor kayfiyatni yaxshilovchi uch mahsulotni aytdi

Foto: Xabar.uz

Kayfiyat va hissiy fonni yaxshilash uchun ovqatlanish ratsioniga yong‘oq, tvorog va qora shokoladni kiritish kerak.

Bu haqda rossiyalik terapevt va teleboshlovchi Yelena Malisheva «Birinchi kanal» efirida ma’lumot bergan.

Tvorogni muntazam iste’mol qilish zavqlanish gormoni — oshqozon-ichak trakti bakteriyalari tomonidan hosil bo‘lgan serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi. Shuningdek, yong‘oq kayfiyatni yaxshilaydi.

«Yong‘oq tarkibida omega-3 to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud. Omega-3 ni muntazam iste’mol qilish miya faoliyati, kayfiyatni yaxshilashi, shuningdek, ateroskleroz rivojlanishidan himoya qilishi isbotlangan», deydi Malisheva.

Shuningdek, a’lo kayfiyatga qora shokolad ham yordam beradi. Sog‘lom odam bir kunda ellik gramm shokolad iste’mol qilsa maqsadga muvofiq. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring