Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qonunni imzoladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident qonunni imzoladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ganlik uchun javobgarlik belgilandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–548, 08.07.2019-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish:

  • fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 so‘mgacha);
  • mansabdor shaxslarga 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 so‘mdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha (10 mln 136 ming 500 so‘mgacha) jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mazkur javobgarlik choralari 2019- yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Qonun bilan Milliy gvardiya organlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘ruvchi hamda surishtiruv organlari qatoriga kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring