Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportida nuroniylar, ziyolilar, turli millat vakillari bilan suhbatlashdi. Ochiq va samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidagi islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Yig‘ilganlar hamma joylarda va hamma sohalarda o‘zgarishlar bo‘layotgani, buni odamlar o‘z uyi, mahallasi, tumani misolida his qilayotganini ta’kidladi.

Shuning bilan davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘istonga tashrifi yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter