Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi qarori qabul qilindi

«Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–173-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi:
- mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
- qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
- turizm va madaniy meros bo‘limi;
- sportni rivojlantirish bo‘limi;
- oila va xotin-qizlar bo‘limi;
- davlat soliq inspeksiyasi;
- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
- davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022-yil 1-maygacha «E-huquqshunos» elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida «call-markaz» tashkil qilinadi.
2022-yil 1-dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter