Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildirdi
Ma’lumki, kecha 24-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 65 yoshni qarshi oldi.
Kecha minglab yurtdoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ezgu tilaklarini yo‘llashgan edi.
Davlatimiz rahbari qutlovlardan behad mamnunligini, tabrik yo‘llagan barcha yurtdoshlarimizdan minnatdorligini bildirdi, deya xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.
«Mehnatkash va bag‘rikeng, ko‘pmillatli xalqimizga o‘zimning yuksak mehr va ehtiromimni bildirishdan behad mamnunman», degan Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter