Shavkat Mirziyoyev Toshkent ko‘chalarida suv toshishi va zilzilalar yuzasidan topshiriq berdi

Prezident yig‘ilishda zilzilalar va shaharlarda suv toshishi muammolariga ham to‘xtaldi.
Bugungi kunda yangi uy-joylar o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallaridan qurilmoqda.
Lekin, qurilishlarning sifatiga ta’sir qiluvchi temir-beton ishlab chiqaruvchi 3 mingga yaqin korxonaning yarmida laboratoriya yo‘q. O‘tgan yili uy-joy qurilishida temir-beton, devor konstruksiyalari va payvandlash ishlari sifatsizligi bo‘yicha 1 mingdan ortiq holat aniqlangan.
Shu bois, mutasaddilarga barcha temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash topshirildi.
So‘nggi oylarda dunyoda ham, mintaqamizda ham seysmik faollik kuzatilayapti. Shu bois, 1-maydan boshlab:
- qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi;
- ko‘prik, tonnel, ko‘p qavatli binolar kabi seysmik xavfsizlik talablari yuqori bo‘lgan bino-inshootlarni qurish faqat Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida «A» va «B» toifaga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Yog‘ingarchilik shaharlarning drenaj tizimi yomon ahvolga kelib qolganini yaqqol ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Qurilish vazirligi va Toshkent shahri hokimligiga ikki hafta muddatda ushbu masalaning yechimi bo‘yicha dastur qabul qilish va amalga oshirish topshirildi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter