Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralarda siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring