Shavkat Mirziyoyev «mudrab o‘tirgan» raislarni faollikka chaqirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan mahallalarni obod qilish va «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, 2023-yildan viloyat budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi «Tashabbusli budjet» loyihalariga beriladi.
Umuman, kelgusi yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun mablag‘lar faqatgina «Tashabbusli budjet» orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishi belgilandi. Bunda «Tashabbusli budjet» loyihalari uchun mablag‘lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trillion so‘mga yetkaziladi.
«Shunda adolat bo‘ladi, odamlar o‘zlari hissa qo‘shgan loyihalarni, albatta asrab-avaylaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident mutasaddilar e’tiborini respublika bo‘yicha 1,5 mingta mahalla aholisi birorta loyihaga ovoz bermaganiga qaratdi. Yaqinda mahallalarda raislar saylovi bo‘lib o‘tgani, yangitdan saylangan raislar odamlarga va’dalar bergani, lekin taqdim etilayotgan bu imkoniyatdan foydalanmayotganini ko‘rsatib o‘tdi. «Mudrab o‘tirgan» raislarni faollikka chaqirish, kerak bo‘lsa o‘qitish kerakligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter