Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zlamoqda

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zlamoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida nutq so‘zlamoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga anjumanni yuksak saviyada tashkil etgani va samimiy mehmondo‘stligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o‘tgan davr mobaynida ulkan iqtisodiy salohiyatga ega yirik mintaqaviy tuzilmaga aylangani, uning xalqaro maydondagi o‘rni va ahamiyati oshib borayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston tashkilot doirasida keng qamrovli aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori hamda bo‘lajak raislik vazifasini samarali amalga oshirish niyatida ekani ta’kidlandi.

"Bugungi kunda barchamiz global va mintaqaviy vaziyatning tobora murakkablashib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.

Davom etayotgan pandemiya ta’sirida jahon iqtisodiyoti rivojida qanday tendensiyalar kuzatiladi, xalqaro hamjamiyat yana qanday yangi xavf-xatarlarga duch keladi, degan savollarga hamon aniq javob yo‘q.

Bunday o‘zgaruvchan sharoitda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarimizni birlashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

Birinchi yo‘nalish – 500 milliondan ortiq aholi yashaydigan, ulkan bozorga ega bo‘lgan mamlakatlarimizning savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarur.

Qabul qilingan “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti istiqbollari – 2025” konseptual dasturi asosida mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yanada kengaytirish va eng muhimi, amaliy natijadorlikka erishish maqsadga muvofiqdir, – dedi prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring