Shavkat Mirziyoyev eng zaif nuqtadan ish boshlash kerakligini aytdi
Shu yil 31 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Unda davlat rahbari tomonidan sektor rahbarlariga mahallabay ishlash bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi.
«Birinchi qaysi ko‘chaga borishimiz kerak? Qaysi xonadonga kirishimiz lozim mahallada? Qaysi ko‘cha bilan xonadon — ana shuni bilsak, eng zaif joyimizni bilgan bo‘lamiz. Biz inson omili bilan yashayapmiz, adolatli haqiqat bilan yashaganimiz yo‘q», – dedi Shavkat Mirziyoyev poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilarga murojaat qilib.
«Hozir Toshkent xalqiga borib murojaat qilsak, baribir shubhalanadi. "Men kambag‘almanku, ko‘chamda tibbiyot yo‘qku, ta’lim yo‘qku, ikki smenaku" deydi. Odamlar ishonmaydi. Endi tuman emas, mahallabay chiqib, mahalla ahlini yig‘ib, shu tumanning sektori aytishi kerak: "navbat bilan eng yomon joydan yaxshisiga qarab kelamiz. Mana bu mahalladagi ko‘chada bu-bu xonadonlarning ahvoli yomon, avval shundan boshlaymiz, keyin sizga kelamiz" degan gapni qilish kerak», — deb ko‘rsatma berdi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter