Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev ayrim xotin-qizlarning xayrli ishlarini birma-bir sanadi

Shavkat Mirziyoyev ayrim xotin-qizlarning xayrli ishlarini birma-bir sanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri davom etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanadagi nutqida haj ziyorati uchun yiqqan mablag‘ini mahalladoshlariga beg‘araz yordamga sarflagan rishtonlik tadbirkor Izrabu Usmonova, qishloq ahli uchun o‘z hisobidan «Mumtoz» nomli katta kutubxona barpo etgan sayxunobodlik Gavhar Husanova, 32 yoshida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli Kolumbiya universitetining professori bo‘lgan Aziza Shonazarova kabi xotin-qizlarning xayrli ishlari va faoliyatini alohida ta’kidladi. Bayram ishtirokchilari birgalikda ularni olqishlab, chuqur hurmat va tashakkurlarini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayollarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda erishilayotgan natijalar xususida ham so‘z yuritildi. 

Davlatimiz rahbari qizlarni eng go‘zal fazilatlar, bilim va odob sohibalari etib tarbiyalash juda ulug‘ va sharafli mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, ko‘pni ko‘rgan nuroniylar, xotin-qizlar faollari, hurmatli muallima va murabbiyalar bu savobli ishga ulkan hissa qo‘shishiga umid bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev shu ezgu ishlarimizga kamarbasta bo‘lib, yosh qizlarni ta’lim-tarbiya qiladigan haqiqiy murabbiylarga keyingi yil 8 mart bayramidan boshlab har yili, har bir viloyatdan ikki nafar eng munosib vakilni davlat mukofoti bilan taqdirlashni taklif etdi. Yig‘ilganlar buni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring