Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz tumani hokimi bloger Qobul Do‘sov ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

Shahrisabz tumani hokimi bloger Qobul Do‘sov ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Qobul Do‘sov o‘z sahifasida Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov haqida post joyladi. Shahrisabz tumani hokimligi tuman hokimi sha’niga nisbatan ishlatilgan haqoratomuz so‘zlarni yozgan bloger ustidan prokuraturaga murojaat qilgan.

«Masalaga bir tomonlama yondashib, tuman hokimi Samad Hasanov nomiga har xil haqoratomuz so‘zlar qo‘llagan, muammoning tub mohiyatiga yetmagan Qobul Do‘sovning hatti-harakatlarini tuman hokimligi o‘zaro munosabatlarda «chegaradan chiqish» deb baholaydi.

Ma’lum qilinishicha, Qobul Do‘sov bu masalada tuman hokimiga joriy yilning 25 mart, juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shahrisabz tumanidagi Xalq qabulxonasi bilan birgalikda sektorlar rahbarlarining fuqarolar bilan qabuli vaqtida to‘rt marta qo‘ng‘iroq qilib, tuman hokimiga Adiba Narzullayeva ismli shaxs uning «kelin»i ekani, «uka»sining rafiqasi bo‘lishini, uning mehnat nizosi bilan bog‘liq muammosi yechim topmayotgani, bu ishni hokim bevosita «bir og‘iz gapi bilan» hal qilib berishini, ushbu nizoni hal etish yuzasidan sudning qarori bo‘lsada, sudning qaroriga zid ravishda hokimlik vakolatidan foydalanib, «kelinim» deb tanishtirgan Adiba Narzullayevaning ishini tiklab berishini talab qilgan.

Qobul Do‘sov tuman hokimi bilan telefon orqali qilgan muloqotida hokimga «sudni siz nazorat qilasiz, aka», deb aytib o‘tgan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasida sudyalar mustaqil va faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

Qobul Do‘sovning «Kobul Dusov» telegram kanali orqali tarqatgan tuman hokimi sha’niga nisbatan haqoratomuz so‘zlar qo‘llagani ustidan qonuniy to‘xtamga kelish uchun to‘plangan hujjatlar hamda Qobul Dusov va hokim o‘rtasidagi muloqotiga doir (audioyozuv shaklida) ma’lumotlar viloyat prokuraturasiga yuborildi», – deyiladi  Shahrisabz tuman hokimligi axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring