«Shahidlar xotirasi» maydoni o‘rab olinganiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasisi tunuka devor bilan o‘rab olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu majmuada qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilanganini ma’lum qildi.
«Rekonstruksiya jarayonida hududdagi daraxtlarga zarar yetkazmagan holda qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi, ramziy rotonda rekonstruksiya qilinadi, muzey xodimlari uchun alohida ma’muriy bino quriladi, aholi uchun maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» hududlarini barpo etish rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.
Bunday qurilish-ta’mirlash ishlari ijtimoiy tarmoq faollaring keskin e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter